|
| |
|---|---|---|
Uchrashuvlar davomida mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, harbiy ta’lim tizimida yaratilayotgan zamonaviy shart-sharoitlar hamda yosh harbiy xizmatchilar uchun mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, kursantlarga harbiy kasbning sharaf va mas’uliyati, Vatanga sadoqat, intizom va fidoyilik fazilatlarining ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Yangi o‘quv yilida bilim va ko‘nikmalarni puxta egallash, o‘z ustida muntazam ishlash hamda yuksak natijalarga erishish borasida zarur tavsiyalar berildi.
Uchrashuvlar ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni yo‘llab, ularga atroflicha va asosli javoblar oldilar. Mazkur uchrashuvlar yoshlarning harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni Vatanga sadoqat va yuksak mas’uliyat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.
© 2026 Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti. Barcha huquqlar himoyalangan.